Mazkur murojaatda keltirilgan holat Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi hamda mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida Qo‘shko‘pir tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufidagi mahalliy ahamiyatga ega 90V065A (4K986A) “Qo‘shko‘pir qishlog‘iga” avtomobil yo‘lining 0–10-kilometr qismi haqiqatdan ham ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi. Mazkur avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish va to‘liq ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2025-yil 26-avgustdagi 192-son yig‘ilish bayoniga asosan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Loyiha doirasida avtomobil yo‘lining jami 10 kilometrlik qismi to‘liq ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda loyiha bo‘yicha pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida xalqaro tender savdolari o‘tkazilmoqda. Pudratchi tashkilot belgilanganidan so‘ng avtomobil yo‘lida qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, mazkur yo‘lni to‘liq ta’mirlash ishlari 2026-yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.Xorazm viloyati AYBB Axborot xizmati.