
D216 avtomobil yo‘lining 32–36 km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
📍 Shovot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi (TYFDM) tomonidan D216 “Urganch shahri – Shovot shahri – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 32–36 kilometr oralig‘ida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Mazkur hududda yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan deformatsiyalar, yoriqlar va boshqa texnik kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek, yo‘lning ekspluatatsion holatini yaxshilash, transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash hamda haydovchilar uchun qulay sharoit yaratish asosiy vazifa etib belgilangan.
➡️ Ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida, zamonaviy texnika va materiallardan foydalangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
