Roʼzai Ramazon va Navroʼz bayramlari munosabati


Hazorasp tuman yoʼllardan foydalanish davlat muassasasi direktori Jamshidbek Saidov tomonidan ishchi-xizmatchilarga Roʼzai Ramazon va Navroʼz bayramlari munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashish maqsadida sovgʼalar va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ushbu xayrli tashabbus orqali jamoa aʼzolariga eʼtibor va gʼamxoʼrlik koʼrsatilib, ularning bayramni koʼtarinki ruhda qarshi olishlariga sharoit yaratildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati tomonidan keksa va ehtiyojmand insonlar holidan xabar olinib, ularga ham moddiy va maʼnaviy koʼmaklar koʼrsatildi. Bu kabi saxovatli ishlar xalqimizga xos mehr-oqibat va insonparvarlik anʼanalarining yorqin naʼmunasidir.

Bunday ezgu amallar jamiyatda birdamlik, mehr-muruvvat va oʼzaro hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


20-03-2026, 20:59
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish