


Shovotda yana bir yo‘l zamonaviy ko‘rinishga keltirildi
📍 Shovot tumani hududida "TYFDM" tomonidan 90V011 avtomobil yo‘lining 8-9-km oralig‘ida olib borilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.
⚙️ Mazkur loyiha doirasida yo‘lning eskirgan qoplamasi to‘liq yangilanib, zamonaviy asfalt-beton qatlami yotqizildi. Shuningdek, yo‘lning asosiy konstruksiyasi mustahkamlanib, suv chiqarish tizimlari tartibga keltirildi. Bu esa yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Ta’mirlash ishlari jarayonida yo‘l belgilari yangilandi, harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rildi. Natijada ushbu yo‘l uchastkasida transport vositalarining harakati ancha ravonlashdi, yo‘l-transport hodisalari xavfi kamaydi.
⌛ Ushbu yangilanish Xorazm viloyati hududidagi ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay logistika sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
