D213 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi


D213 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

📍 Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan D213 “Urganch sh. – Xonqa sh. – Hazorasp sh. – Amudaryo daryosi – A380” avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, yo‘lning ayrim uchastkalarida qoplamada yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish, chuqurlik va yorilishlarni ta’mirlash hamda qoplamani tiklash ishlari olib borildi. Shuningdek, yo‘l chetlarini tartibga keltirish va harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ham amalga oshirildi.

➡️ Muassasa xodimlari tomonidan amalga oshirilgan mazkur ishlar yo‘lning texnik holatini yaxshilash, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan avtomobil yo‘llarini muntazam nazorat qilish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

✔️ Bu kabi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.


17-03-2026, 09:31
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish