D217 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi


D217 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi

🛣 Urganch "TYFDM" tomonidan D217 “Urganch sh. – Gurlan sh. – Mang‘it sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 1–2 km oralig‘ida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur yo‘l uchastkasida yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan chuqurchalar, yoriqlar hamda notekisliklar puxta o‘rganilib, zamonaviy texnologiyalar asosida to‘liq ta’mirlandi.

⬇️ Ta’mirlash jarayonida maxsus texnika va malakali mutaxassislar jalb qilinib, yo‘lning nosoz qatlamlari frezalash usuli bilan olib tashlandi hamda mustahkam va sifatli asfalt-beton qoplama qayta yotqizildi. Shuningdek, yo‘lning tekisligi tiklanib, suvni oqizish tizimi yaxshilandi, bu esa kelgusida qoplamaning tez yemirilishining oldini olishga xizmat qiladi.

➕ Bajarilgan ishlar natijasida ushbu yo‘l uchastkasining ekspluatatsion holati sezilarli darajada yaxshilanib, transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi. Haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulaylik darajasi oshdi, yo‘lning xizmat muddati uzaytirildi.

➡️ Mazkur ta’mirlash ishlari belgilangan me’yoriy hujjatlar va sifat standartlariga to‘liq rioya etilgan holda, qisqa muddatlarda yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati


17-03-2026, 09:30
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish