DataLife Engine / E'tiborda hikmat ko'p!

E'tiborda hikmat ko'p!

E'tiborda hikmat ko'p!

⚡️ Xorazm viloyati Avtomobil yo'llari Bosh boshqarmasi tizimidagi Bog‘ot , Gurlan, Tuproqqal’a tuman yo‘llardan foydalanish DM, Urganch yo‘llardan muntazam foydalanish DM, “O‘zyo‘lko‘prik klaster" Xorazm filiali DMlarida Ramazon hayiti va Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xodimlar va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy yordam tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan:

⌛ Bog‘ot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan 77 nafar ishchi-xodimga 1 qop un va 2 litr paxta yog‘i tarqatildi.
Tuproqqal’a tuman yo‘llardan foydalanish korxonasida 99 nafar xodim hamda 56 nafar nuroniy va kam ta’minlangan oilalarning har biriga 1 qop un va 2 litr yog‘ berildi.
Urganch yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasida jami 68 nafar xodimga 2 kg go‘sht va 2 litr yog‘ tarqatildi, shuningdek 52 nafar ishchi va haydovchilarga 1 qop un berildi.
“O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Xorazm filiali tomonidan 139 nafar ishchi-xodimlarga bayram puli berildi.
Gurlan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasida 61 nafar xodimga 50 kg un va 5 litr yog‘ tarqatildi.

➡️ Mazkur tadbirlar xodimlarni rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga xizmat qildi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
24-03-2026, 09:45
Вернуться назад