
Shovot tumanida D216 yo‘lining 32 km qismi ta’mirlandi📍 Shovot tumanida joylashgan D216 “Urganch sh. – Shovot sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 32-kilometr qismida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur yo‘l uchastkasida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilib, qoplamaning eskirgan qatlamlari yangilandi hamda mustahkam asfalt-beton qoplama yotqizildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilib, yo‘lning tekisligi va sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi. Shuningdek, suv oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash maqsadida zarur muhandislik ishlari ham bajarildi.
💯 Natijada ushbu yo‘l orqali harakatlanayotgan transport vositalari uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratildi, hududlararo qatnov sifati oshirildi hamda yo‘lning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari yanada yaxshilandi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati