DataLife Engine / 90V049 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi

90V049 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi

90V049 yo‘lida ta’mirlash ishlari yakunlandi

📍 Xazorasp "TYFDM" tomonidan 90V049 “Bog‘ot sh. – Toma q. – Dehqonbozor q. – Qizilravot q. – Hazorasp sh. shoxobcha” avtomobil yo‘lining 18–19-km oralig‘ida ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

⌛ Mazkur yo‘l uchastkasida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilib, qoplamaning eskirgan qismlari yangilandi hamda sifatli asfalt-beton qatlami yotqizildi. Ta’mirlash jarayonida yo‘lning tekisligi, harakat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

🛡 Bajarilgan ishlar natijasida ushbu hududda transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi, yo‘lning ekspluatatsion holati sezilarli darajada yaxshilandi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
17-03-2026, 09:33
Вернуться назад