RASMIY MUNOSABAT2026 yil mart oyida @Kar24uz internet ijtimoiy tarmoqlari orqali «Yo‘l qurilish sohasi mas’ullari qaerga qaramoqda? Ko‘prikdagi vaziyat tahlili» mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan, Bosh boshqarma va tegishli mutaxassislar tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishda, murojjatda ko‘rsatilgan ushbu ko‘prik umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatga ega (4R-161) D218 "Urganch sh. — Cholish q.-Beruniy sh." avtomobil yo‘lining 13- km qismida joylashgan “Amudaryo daryosi” ustidan o‘tadigan, uzunligi 677 pmni tashkil etadigan ko‘prik bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli qaroriga asosan 2008-yilda “Ko‘prikqurilish” AJ tomonidan ikki qismdan iborat qurilish ishlari boshlanib 2012-yilda ko‘prikning bir qismi qurib bitkazilgan va ikkinchi qismini qurish ishlar to‘xtab qolgan. Biroq, bosh pudratchi tomonidan ko‘prikni bir qismida qurilish ishlari tugallangan bo‘lsa-da, Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi korxonalarga foydalanish uchun topshirilmaganligi sababli 14 - yil davomida biror marta saqlash va ta’mirlash ishlari olib borilmaganligi sababli ko‘prikni usti asfaltbeton qoplamasida va balkalarda buzilishlar sodir bo‘lgan.
Bosh pudratchi “Ko‘prikqurilish” AJ tomonidan 2025 yil dekabr oyida Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Urganch tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DM ga ko‘prikni mavjud nuqsonlari bilan birga foydalanishga topshirilgan.
Endilikda ushbu ko‘prikda mavjud nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda ko‘prikning haqiqiy holatini aniqlash bo‘yicha diagnostika tekshiruvlarini o‘tkazish va loyiha – smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda.
Ko‘prikdagi mavjud nuqsonlarni 2026-yil birinchi yarim yilligiga qadar bartaraf etish rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati